Import qilinadigan texnika, butlovchi va ehtiyot qismlar 3 yil muddatga bojxona to`lovlaridan ozod etiladi. Bu haqda Oliy Majlis Qonunuchilik palatasi deputati Shuxrat Sharofiddinov ma`lum qilmoqda.
Unga ko`ra, ushbu ma`lumot kecha, 27 oktyabr kuni Qishloq xo`jaligida klaster tizimini rivojlantirish masalalariga bag`ishlab kuni kecha o`tkazilgan videoselektor yig`ilishida davlat rahbari tomonidan ma`lum qilingan.
"Yig`ilishda texnika sotib olish bo`yicha kreditlarning 10 foizdan yuqori qismi davlat tomonidan qoplab berilishi, klaster va fermerlar tomonidan import qilinadigan texnika, butlovchi va ehtiyot qismlar bojxona to`lovlaridan 3 yil muddatga ozod etilishi aytildiki, bu ming-minglab fermerlarni xursand qildi, nihoyatda mamnun etdi. Zero, buning natijasida klaster va fermerlar texnikani 35 foizgacha arzon xarid qilish imkoniyatiga ega bo`ladi", - deyiladi quyi palata Axborot xizmati tomonidan taqdim etilgan xabarda.






