O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 24 avgustdagi “O`zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan “ochiq muloqoti”da belgilangan vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi F–5689-sonli farmoyish ijrosini ta`minlash hamda O`zbekiston Respublikasidagi ishlab-chiqarish korxonalarini qo`llab-quvvatlash maqsadida “O`zbekiston temir yo`llari” AJ tomonidan 2021 yil 1 noyabrdan import qatnovida xomashyo yuklarini “O`zbekiston temir yo`llari” AJ tasarrufidagi temir yo`l stansiyalariga tashishda 25% miqdorida chegirma taqdim etilganligini e`lon qiladi.
Transport vazirligi Axborot xizmati xabariga ko`ra, tovarlarning kodi va import qilinadigan xom-ashyo ro`yxati quyidagi ilovada taqdim etilgan.






