Buxoro shahridagi “Ideal Lift” MChJ rahbari Komiljon Qudratov Janubiy Koreyaning SONGUO MOBILITY INNOVATION CO, LTD. kompaniyasi bilan hamkorlikda viloyatda qiymati 1 milliard 210 million dollarga teng bo`lgan yiliga 30 ming dona elektromobillar ishlab chiqarishni tashkil etish loyihasini amalga oshiradi. Bu haqda O`zA ma`lum qildi.
–Loyihani amalga oshirish natijasida 450 nafardan ziyod ishsiz aholi bandligi ta`minlanadi, – deydi “Ideal Lift” MChJ rahbari Komiljon Qudratov. – Bu loyiha tashqi bozorda respublikaning milliy manfaatlarini himoya qilish, o`zbek iste`molchilarining manfaatlarini qo`llab-quvvatlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Janubiy Koreyaning SONGUO MOBILITY INNOVATION CO., LTD. etakchi kompaniyasi hamda Buxoro shahridagi “Ideal Lift” MChJ tomonidan ikki tomonlama, shuningdek, loyiha bo`yicha tayyorgarlik ishlarini boshlash to`g`risida bitim, jumladan yuqori texnologiyali uskunalarni etkazib berish, loyihalashtirish, montaj jarayoni davomida nazorat qilish va elektromobillar ishlab chiqarish nazarda tutilgan shartnoma imzolandi.






