Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Uchtepa tuman bo`limi tomonidan “The Procter & Gamble” kompaniyasi ishonchli vakilining murojaatiga asosan o`tkazilgan tezkor tadbirda, YaTT “S.X.” tegishli hujjatlari bo`lmagan 162 dona “Ariel”, “Tide”, “Persil” va “Mif” nomli kir yuvish kukunlarini xaridor F.ga 10,6 mln so`mga sotgan vaqtida ushlangan.
Tadbir davomida, S.X. ushbu kir yuvish kukunlarini yashirin ishlab chiqarib, qadoqlab sotish bilan shug`ullanib kelganligi aniqlanib, har biri 2, 3 va 6 kg. dan qadoqlangan jami 234 dona “Ariel”, “Tide” va “Mif”nomli va 3 dona polietilen qopda har biri 30 kg. bo`lgan “Shabnam” nomli kir yuvish kukunlari va 200 dona har xil nomdagi kir yuvish kukunlari qoplari hamda qadoqlash uskunasi ashyoviy dalil sifatida olingan.
Shuningdek, “The Procter & Gamble" kompaniyasi xulosasiga ko`ra, yuqoridagi kir yuvish kukunlar kompaniya tomonidan ishlab chiqarilmaganligi hamda mahsulot qadoqlaridagi kod raqamlari qalbaki ekanligi qayd etilgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 149-moddasi (mualliflik yoki ixtirochilik huquqlarini buzish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.