“O`zbekiston temir yo`llari” aksiyadorlik jamiyati tomonidan “Voljskiy-Toshkent” yo`nalishida 483-sonli yo`lovchi poezdining 5 ta maxsus reysi yo`lga qo`yiladi. Bu haqda Transport vazirligi Axborot xizmati xabar qildi.
Mazkur poezdlar 2021 yil 15, 19, 22, 26, 29 noyabr kunlari soat 20:57 da “Voljskiy-Toshkent” yo`nalishida harakatini amalga oshiradi.
Ushbu poezdlarga faqat bir tomonga, ya`ni “Voljskiy-Toshkent” yo`nalishiga chiptalar sotiladi. Chiptalarni elektron tarzda ham sotish yo`lga qo`yilgan.
Rossiyadagi yurtdoshlarimizning yaqinlari O`zbekistonda turib, ularning shaxsini tasdiqlovchi hujjati nusxasi bilan “O`zbekiston temir yo`llari” aksiyadorlik jamiyati veb-sayti orqali e-ticket.railway.uz dan chiptalarni elektron tarzda xarid qilib olib, jo`natishlari ham mumkin.






