Yaponiyaning JR East temiryo`l kompaniyasi xodimlari birinchi marta o`zini-o`zi boshqarish tizimiga ega bo`lgan “Sinkansen” ekspressini sinovdan o`tkazdi. Bu haqda Kyodo agentligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, sinov muddati vaqtida tezyurar poezd mashinisti avtomatik rejimga o`tdi va uning harakatiga umuman aralashmagan. U masofadan turib boshqarilgan. Poezd 12 vagondan iborat bo`lgan.
Bu esa mamlakatning o`ziyurar poezdning birinchi sinovi hisoblanadi. Kompaniya kelgusida bunday sinovlarni ko`proq o`tkazishni rejalashtirgan.