1

Evroosiyo taraqqiyot banki ekspert guruhi O`zbekistonga tashrif buyuradi

Iqtisodiyot 19.11.2021, 07:41
Evroosiyo taraqqiyot banki ekspert guruhi O`zbekistonga tashrif buyuradi

 Ayni vaqtda Rossiya Federasiyasida bo`lib turgan S.Umurzakov Evroosiyo taraqqiyot banki boshqaruvi raisi N.Podguzov bilan uchrashdi. Bu haqda Investisiyalar va tashqi savdo vazirligi ma`lum qildi. 

Ta`kidlanishicha, uchrashuv chog`ida tomonlar O`zbekistonning EOTB a`zosi maqomini olishi borasida birga olib borilayotgan sa`y-harakatlarning bugungi holati, qo`shma loyihalarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish bo`yicha hamkorlikning borishi va boshqa dolzarb masalalarni muhokama qilishgan. 

Bugunga kelib, bazaviy infratuzilmani zamonaviylashtirish, suv xo`jaligi va sog`liqni saqlash tizimini rivojlantirish bo`yicha istiqbolli loyihalar portfeli shakllantirilganligi ta`kidlandi. 

"Ushbu loyihalarni ilgari surish hamda ularni amalga oshirish uchun EOTB mablag`larini jalb qilishga doir navbatdagi tadbirlar ko`rib chiqildi. Kichik va o`rta biznes loyihalarini moliyalashtirish maqsadida Bankdan O`zbekiston tijorat banklariga kredit liniyalarini ajratish imkoniyatlari ham ko`rib chiqildi. Bank rahbariyati Agentlikka investisiya loyihalarini boshqarish, baholash va ekspertizasini o`tkazish sohalarida maslahat yordami berishga tayyorligini bildirdi.",-deyiladi xabarda.

  Yakuniy xulosalar bo`yicha ishlab chiqilayotgan loyihalarni batafsil muhokama qilish, aniq kelishuvlarga erishish uchun gan bo`lishdi.

Ma`lumot uchun, Evroosiyo taraqqiyot banki (EOTB) Rossiya va Qozog`iston vakolatli vakillari tomonidan 2006 yil 12 yanvar kuni imzolangan davlatlararo bitimga muvofiq mintaqaviy taraqqiyot banki hisoblanadi. EOTBning vazifalari unga a`zo mamlakatlarning bozor iqtisodiyotiga o`tishlariga ko`maklashish, iqtisodiy o`sishlarini rag`batlantirish hamda savdo-iqtisodiy aloqalarini kengaytirishdan iborat. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1