AsosiyShou-biznes
8531

38 yoshli Jasmin uchinchi marotaba ona bo`ldi

38 yoshli rossiyalik xonanda Jasmin uchinchi marotaba onalik baxtiga muyassar bo`ldi! Jasmin o`g`il farzandli bo`ldi, uni qaynotasining sharafiga Miron deb atadi. Ona-bola o`zini yaxshi his qilmoqda, deb xabar berdi “Sosmo.ru” nashri.

Jasminning Moskva klinikalaridan birida ko`zi yoridi. Chaqaloqning og`irligi 3350 gramm, bo`yi esa 54 santimetrdir.

“Mana to`qqiz oy kutgan Miron ismli mo``jizani qo`limga oldim! O`zi kichkina bo`lsa ham menga katta baxt keltirgan kichkintoyimni zavq bilan tomosha qildim! Shu vaqt mobaynida meni qo`llab-quvvatlagan barcha muxlislarimga katta minnatdorchilik bildiraman!”– dedi Jasmin “Start Xit” nashriga bergan intervyusida.

Jasmin turmush o`rtog`i Ilan Shor bilan 3 yoshli Margaritani va Jasminning birinchi turmushidan tug`ilgan 18 yoshli Mixailni tarbiyalashmoqda. Jasminning homiladorligi og`ir kechgan, u bosh og`rig`idan va quvvatsizlikdan qiynalgan, o`ta asabiy bo`lib qolgan. 

“Ilgarilari homilador ayollarning injiqliklari haqida eshitib hayron bo`lar edim, chunki avvalgi ikki farzandimda hech qanday qiyinchilik sezmagan edim. Bu farzandimni dunyoga keltirishda haqiqiy homiladorlik qanday bo`lishini his qildim”, deydi Jasmin.

Boshqa yangiliklar