Fransiya hukumati mamlakatda koronavirusning navbatdagi to`lqini boshlanganini ma`lum qildi. Bu haqda Le Figaro xabar berdi.
Mamlakat Bosh vaziri Gabriel Attalning so`zlariga ko`ra, bir hafta ichida koronavirus infeksiyasining yangi holatlari soni 80 foizga oshgan. Kunlik kasallanish holati 17 mingtaga yaqin.
Hozirga kelib har 100 ming aholiga 164ta holat to`g`ri kelmoqda. Bu esa avvalgi haftaga nisbatan 64taga ko`p.
Avvalroq Shveysariyada ham koronavirusning beshinchi to`lqini boshlangani borasida ma`lumot berilgan edi.