AsosiySport

O`zbekiston milliy terma jamoasida xorijlik mutaxassis ish boshladi

'O`zbekiston milliy terma jamoasida xorijlik mutaxassis ish boshladi'ning rasmi

Chim ustida xokkey bo`yicha O`zbekiston milliy terma jamoasida xorijlik mutaxassis – Osiyo xokkey federasiyasi vakili, xalqaro toifadagi trener Zohid Ali ish boshlaydi. Bu haqda Turizm va sport vazirligi ma`lum qildi.

Ushbu qarorga O`zbekiston Chim ustida xokkey federasiyasi raisi Bahodir Ahmedovning Zohid Ali bilan uchrashuvi davomida kelishib olindi.

Ma`lumot uchun, Osiyo xokkey federasiyasi vakili, xalqaro toifadagi trener Zohid Ali O`zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi, O`zbekiston Milliy Olimpiya qo`mitasi, Xalqaro xokkey federasiyasi va O`zbekiston chim ustida xokkey federasiyasining hamkorligi asosida taklif etildi.

Xorijlik mutaxassisning yurtimizga tashrifidan ko`zlangan maqsad mamlakatmizda xokkey sport turini yana-da rivojlantirish bo`yicha o`zaro hamkorlik ko`lamini kengaytirish hamda xalqaro sport musobaqalarining sralash bosqichlarini mamlakatimiz mezbonligi ostida o`tkazish kabi masalalarni muhokama etishdan iborat edi.

Shuningdek, xorijlik mutaxassis ishtirokida 17-18 noyabr kunlari Andijon viloyatida, 20-21-noyabr kunlari Samarqand shahrida mahalliy murabbiylar uchun tajriba almashish, ularning malaka va mahoratini oshirish maqsadida seminarlar tashkil etildi.

Tashrif yakunida Zoxid Ali federasiya raisi B.Ahmedovni joriy yilning 14-20 dekabr kunlari Bangladeshda o`tkaziladigan “Champions Trophy” halqaro musobaqasiga taklif qildi.

    Boshqa yangiliklar