AsosiyShou-biznes
7919

Bobur Yo`ldoshev do`stlari va muxlislarini ogohlantirdi

Aktyor Bobur Yo`ldoshev uning nomidan kimdir soxta sahifa ochib, yuritayotgan va uning nomidan qo`pol va haqoratli so`zlarni yozayotganini ma`lum qildi. 

“Hozircha kimligini bilmaymanu, biroq kimdir mening nomimdan sahifa ochib, unga qizim bilan tushgan suratimni joylashtiribdi. U turli qizlar bilan mening nomimdan gaplashib, turli qo`pol so`zlarni yozmoqda. Yozishmalarni esa skrinshot tarzida ijtimoiy tarmoqlarga joylayotgan ekan. Bularga ishonmasligingizni so`rayman, agar diqqat bilan e`tibor bersangiz mening yozishish uslubim tamomila boshqacha ekanligini bilasiz. Bu men emasman. O`zim hali buni ko`rmagan bo`lsam ham ko`pchilik tanishlarim bu haqda menga ma`lum qildi”,—deydi Bobur Yo`ldoshev o`zining Instagram`dagi sahifasida.

Boshqa yangiliklar