1

2012 yilda Eski Jo`va bozorida yo`qolgan Nargizaning jasadi Parkentdan topildi

Jinoyat 27.11.2021, 19:38
2012 yilda Eski Jo`va bozorida yo`qolgan Nargizaning jasadi Parkentdan topildi

8 yil avval bedarak yo`qolgan 17 yashar (o`sha paytda) qizning daragi chiqdi. U qotillik qurboni bo`lgan ekan. Bu haqda "Yoshlar" telekanlida tayyorlagan "Yangi davr" dasturda aytilmoqda.

Voqea, 2012 yilning 25 sentyabr kuni 1995 yilda tug`ilgan zangiotalik N.G`. «Eski Jo`va» bozorida yo`qolib qoladi. Yillar o`tib ma`lum bo`lishicha qiz vahshiylarcha o`ldirilgan va uning qotili o`gay ota ekanligi aniqlandi.  Qizining jasadi Toshkent viloyati Parkent tumanida joylashgan uyning erto`lasidan topilgan.

Mas`ullarning aniqlashicha, marhuma N.G` ohirgi marta onasining turmush o`rtog`i  chaqirgani uchun  "Eski Jo`va" borib keyin qaytmagan.

Qizning uydigilari uni izlab Ichki ishlar organlariga murojaat qilgan.

Yaqinlari aytgan ko`rsatmalardan kelib chiqilib, o`sha paytdayoq ish ochilgan.   Ammo o`tkazilgan, dastlabki tergov jarayonida gumondorni ayblash uchun etarli dalillar bo`lmagani uchun jinoyat ishi harakatdan to`xtatiladi.

Bosh prokuratura mas`ulining axborotidan jinoyat ishi markaziy mahkama tomonidan nazorat tartibida o`rganilib (01.04.2020 y.), unda qotillik jinoyati alomatlari borligi e`tiboridan «delo» JKning 137-moddasidan 97-moddasi («Odam o`ldirish») 1-qismiga qayta malakalash to`g`risida qaror chiqarilgan. Jinoyat ishi qayta malakalanib, tergov o`tkazish uchun tuman IIBdan Toshkent shahar prokuraturasiga o`tkazilganidan so`ng nisbatan qisqa vaqtda to`qqiz yil avval sodir etilgan jinoyat fosh etildi.

Ma`lumot uchun:

Qotil 1984 yilda Surxondaryo viloyatining Uzun tumanida tug`ilgan. Yollanma ustachilik bilan shug`ullanib kelgan T.Sanjar 2009 yilda o`zidan qariyb 11 yosh katta zangiotalik N.U. (bedarak yo`qolgan qizning onasi) bilan shar`iy nikohdan o`tib, birga yashab kelgan.

Jinoyat  sodir etgan shaxs 20 yildan ortiq vaqtga ozodlikdan mahrum etildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1