Xorazm viloyati bojxona boshqarmasi tezkor tuzilmalari tomonidan o`tkazilgan tadbirda oldindan olingan ma`lumotlarga asosan, viloyat DXX, IIB va Milliy gvardiya xodimlari bilan hamkorlikda Urganch shahri va Hazorasp tumanida pirotexnika vositalarining noqonuniy savdosi bilan shug`ullanayotgan shaxslarni aniqlash maqsadida tezkor tadbirlar o`tkazildi.
Natijada, Xazorasp tumani markazida piyoda holda harakatlanib ketayotgan fuqaro A.R to`xtatilib, unga tegishli bo`lgan cumka xolislar ishtirokida ko`zdan kechirilganda, xorijda ishlab chiqarilgan 6 000 dona pirotexnika vositalari borligi aniqlandi.
Yana bir holatda, Urganch shahrida o`tkazilgan tezkor tadbirlar natijasida piyoda holda harakatlanib ketayotgan fuqaro O.N. to`xtatilib, unga tegishli bo`lgan ryugzak xolislar ishtirokida ko`zdan kechirilganida 2400 dona pirotexnika va 15 dona mushaklar borligi ma`lum bo`ldi.
Shuningdek, fuqarolar I.I va S.D.lar to`xtatilib, ularga tegishli bo`lgan ryugzaklar xolislar ishtirokida ko`zdan kechirilganida tegishli hujjatlari bo`lmagan, xorijda ishlab chiqarilgan 5 500 dona pirotexnika vositalari borligi aniqlandi.
O`tkazilgan tezkor tadbirlar davomida jami 31 mln so`mlik 45 115 dona pirotexnika vositalari ashyoviy dalil sifatida olindi.
Hozirda mazkur holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.