Toshkentning “Lokomotiv” klubi mavsum yakunlanganidan so`ng bir nechta futbolchilari bilan xayrlashmoqda. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Ma`lum bo`lishicha, darvozabon Javohir Ilyosov, himoyachilar - Shuhrat Muhammadiev, Xurshid Muxtorov, yarim himoyachilar - Sadriddin Abdullaev, Javohir Sidiqov hamda hujumchi Marat Bikmaevlar tark etdi.
Avvalroq jamoaning portugaliyalik bosh murabbiyi Mikael Sekeyra ham tark etgandi.