AsosiyJamiyat
4175

Farg`onada elektromobillar qachon ishlab chiqarilishiga aniqlik kiritildi

'Farg`onada elektromobillar qachon ishlab chiqarilishiga aniqlik kiritildi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda elektromobillar chiqarishni aynan 2021 yil dekabr oyida ishga tushirilishi haqida noto`g`ri xabarlar tarqalib, jamoatchilikni chalg`itmoqda. 

Qayd etilishicha, ushbu loyihaning birinchi bosqichini amalga oshirish uchun mahalliy hokimlik tomonidan 2021 yil 1 iyun oyida 13 824 m2 sobiq mexanika zavodi binosi topshirilgan bo`lib, hozirgi kunda ajratilgan bino-inshootlar tubdan rekonstruksiya qilinib, kapital tamirdan chiqarildi. 

"Korxona o`z faoliyatini joriy yilning 2021 yilning iyun oyidan boshlaganiga qaramay, qisqa vaqt ichida loyihaning birinchi bosqich uskunalarining 40 foizi olib kelinib, dastlabki montaj ishlari amalga oshirildi. Aslida bu darajadagi katta loyihalar dunyo miqyosida 2-3 yil davomida yakunlanadi. Loyiha tashabbuskorlari esa mazkur loyihani 1,5 yil ichida amalga oshirishni rejalashtirilgan",-deyiladi xabarda.

Ma`lum qilinishicha, pandemiya sharoitida yuz bergan logistika muammolariga qaramay, Respublikamizda milliy elektromobillarni ishlab chiqarish bo`yicha ishlar jadal davom ettirilmoqda. Mazkur loyiha belgilangan muddatda ishga tushirilishi ta`minlanishi aytiladi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar