Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti rahbari Tedros Gebreyesus "omikron" bilan kimlar tez kasallanayotgani borasida ma`lumot berdi.
Gebreyesus so`zlariga ko`ra, koronavirusning yangi shtammi boshqa variantlarga qaraganda teo`roq tarqalmoqda.
"Hozirda "omikron" shtammi" koronavirusning "delta"gat turiga qaraganda tezroq tarqalayotganini ishonch bilan ayta olaman. Uni emlangan va kasalni boshdan o`tkazgan insonlarda ko`proq kuzatilmoqda", — deydi JSST rahbari.
Shuningdek, Tedros ma`lumotlariga ko`ra, 2021 yilda dunyoda koronavirusdan 3,3 million kishi vafot etgan. Bu ko`rsatkich esa 2020 yilgi OIV, bezgak va sildan vafot etganlarning umumiy sonidan ham ko`pdir.