AsosiyJamiyat

Namanganda qo`p qavatli uyda yong`in sodir bo`ldi. Qurbonlar bor

'Namanganda qo`p qavatli uyda yong`in sodir bo`ldi. Qurbonlar bor'ning rasmi

Bu haqda Namangan FVB Matbuot xizmati xabar berdi. 

Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, 2021 yilning 18 dekabr kuni soat 02-34da Uchqo`rg`on tuman Favqulodda vaziyatlar bo`limini 101 qisqa raqamiga Uchqo`rg`on tuman Do`stlik mahalla fuqarolar yig`ini Do`stlik ko`chasi 106-uy 10-xonadonida yong`in sodir bo`layotganligi to`g`risida ma`lumot kelib tushgan.

Kelib tushgan ma`lumotga asosan soat 02-38da Uchqo`rg`on tuman Favqulodda vaziyatlar bo`limi yong`in qutqaruvchilari voqea joyga etib borgan va soat 02-40da yong`in joyi o`rab olingan.

Yong`in oqibatida yashash uyiniing ichki qismidan 40 kv.metr joyi va uy-ro`zg`or buyumlari hamda qo`shnisini yashash uyini ichki qismidan 10 kv.metr va 12-xonadonning eshigi va uyga kirish yo`lak devorlari yonib zararlangan.

Sodir bo`lgan yong`in soat 03-00da Uchqo`rg`on tuman Favqulodda vaziyatlar bo`limi yong`in qutqaruvchilari tomonidan bartaraf etilgan.

Yong`in o`chirish vaqtida kuygan xolda 2 qavat yulagidan 10-xonadon egasini jasadi va farzandining yashash uyining yuvinish xonasida tutunga dimiqqan holda jasadi topilgan.  

Yong`in o`chirish vaqtida 106-sonli ko`p qavatli uyda yashovchi 6 nafar ayol, 6 nafar erkak va 4 nafar voega etmagan o`g`il va qiz bolalar Uchqo`rg`on tuman Favqulodda vaziyatlar bo`limi yong`in qutqaruvchilari tomonidan xavfsiz hududga evakuasiya qilingan.

Hozirda sodir bo`lgan yong`in yuzasidan tegrovga qadar suri0shtiruv ishlari olib borilmoqda.  

Boshqa yangiliklar