AsosiyHi-tech

TikTok 2021 yilda eng ko`p kirilgan platformaga aylandi

'TikTok 2021 yilda eng ko`p kirilgan platformaga aylandi'ning rasmi

Xitoyning ByteDance kompaniyasiga tegishli TikTok ijtimoiy tarmog`i 2021 yilda eng ko`p tashrif buyurilgan resurs deb topildi. "The Wall Street Journal" nashrining internet trafikini nazorat qiluvchi "Cloudflare" kompaniyasiga tayanib bergan xabariga ko`ra, TikTok 2020 yil etakchisi bo`lgan Google'ni ortda qoldirgan.

Kompaniya olib borgan tadqiqotlariga ko`ra, Xitoy kompaniyasining qisqa videolarni ko`rish va yaratish platformasi ilk bor joriy yilning fevral oyida tashrif buyuruvchilar soni bo`yicha birinchilikni egallagan va pastlashlardan keyin avgust oyidan boshlab birinchi o`rindan tushmay kelyapti. O`tgan yili bu ijtimoiy tarmoq ro`yxatda ettinchi o`rinda edi.

Bu yilgi ikkinchi o`rinni Google, uchinchi o`rinni esa Facebook ijtimoiy tarmog`i egalladi.

    Boshqa yangiliklar