Angliya Premer-ligasi 19-turidan o`rin olgan "Everton" va "Byornli" uchrashuvi noma`lum muddatga qoldirildi. Bu haqda APL rasmiy sayti xabar berdi.
Qayd etilishicha, "Everton"ni bir nechta futbolchilar koronavirus hamda jarohat tufayli jamoa bilan birga mashg`ulotlarda ishtirok etmayotgandi. Natijada, klub rahbariyati APLdan o`yinni boshqa muddatga qoldirish bo`yicha taklif bilan chiqqan.
Eslatib o`tamiz, bungacha APL 18-turining 6 uchrashuvi qoldirilgan bo`lsa, 19-tur doirasida 26-27 dekabr kuni o`tishi rejalashtirilgan uch uchrashuv qoldirildi.






