AsosiyDunyo
5446

Braziliyadagi suv toshqinlari oqibatida 18 kishi halok bo`ldi

'Braziliyadagi suv toshqinlari oqibatida 18 kishi halok bo`ldi'ning rasmi

Braziliyaning shimoli-sharqiy mintaqasida kuchli suv toshqinlari oqibatida 18 kishi halok bo`ldi. Bu haqda Brasil Agency xabar berdi. 

Qayd etilishicha, suv toshqinlari oqibatida 280 ziyod kishi jarohatlangan. 35 mingdan ko`proq kishi o`z uylarini tark etishga majbur bo`lgan. 

Eng ko`p zarar Baxiya shtatida kuzatilgan. Shtatning ko`plab joylari jiddiy zarar ko`rgani aytilmoqda. Buni shtat gubernatori Rui Kosta ham tasdiqlagan. Shuningdek, suv toshqinlari Itambe shahriga ham ta`sir ko`rsatgan. 

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar