AsosiyIqtisodiyot

O`zbekistonning qaysi hududi xorijdan eng ko`p sement import qilgan?

'O`zbekistonning qaysi hududi xorijdan eng ko`p sement import qilgan?'ning rasmi

Davlat statistika qo`mitasi ma`lumotlariga ko`ra, 2021 yilning yanvar-noyabr oylarida xorijdan O`zbekistonga qiymati 121,4 mln. AQSh dollariga teng bo`lgan 2,5 mln. tonna sement import qilingan.  

Bu ko`rsatkich o`tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 286,4 ming tonnaga ko`p.  

2021 yilning 11 oyida O`zbekiston sement import qilgan asosiy davlatlar:

Qozog`iston – 1,1 mln. tonna

Tojikiston – 722,2 ming tonna

Qirg`iz R. – 642,5 ming tonna

Eron – 53,1 ming tonna

Turkmaniston – 35,6 ming tonna

Davlat statistika qo`mitasi ma`lumotlariga ko`ra, O`zbekiston 2021 yilning yanvar-noyabr oylarida xorijdan eng ko`p sement import qilgan hududlar:  

- Toshkent shahri – 1,2 mln. tonna

- Farg`ona viloyati – 433 ming tonna

- Andijon viloyati – 371 ming tonna

- Namangan viloyati – 160 ming tonna

- Surxondaryo viloyati – 124 ming tonna

- Toshkent viloyati – 99 ming tonna

- Jizzax viloyati – 73 ming tonna

- Samarqand viloyati – 26 ming tonna

- Buxoro viloyati – 12 ming tonna

- Qashqadaryo viloyati – 10 ming tonna

- Sirdaryo viloyati – 8 ming tonna

    Boshqa yangiliklar