O`zbekistonda yangi yilning ilk kunida qancha chaqaloq dunyoga kelgani ma`lum bo`ldi

Jamiyat 01.01.2022, 21:48
Teglar: Chaqaloq
O`zbekistonda yangi yilning ilk kunida qancha chaqaloq dunyoga kelgani ma`lum bo`ldi

2022 yilning 1 yanvar kuni, soat 17:30 holatiga ko`ra, mamlakatimizda jami 1448 nafar chaqaloq dunyoga keldi. Yangi yilning birinchi kunida tug`ilgan go`daklarning 732 nafari o`g`il bola, 716 nafari esa qiz bola bo`lib, eng ko`p tug`ilish hozircha Samarqand viloyatida (193 nafar) qayd etildi.

Shuningdek, hududlar kesimida keyingi o`rinlarda:  

🔹Qashqadaryo viloyati (146 nafar),

🔹Farg`ona viloyati (137 nafar),

🔹Andijon viloyati (131 nafar),

🔹Namangan viloyati (123 nafar) band etdi.  

Eng kam tug`ilish esa Sirdaryo viloyati (39 nafar) hissasiga to`g`ri keldi.

E`tiborlisi, tug`ilganlarning 8 nafari egizaklardir. Ayni paytda shifokorlarimiz go`daklarning barchasiga belgilangan standartlar bo`yicha sifatli tibbiy xizmat ko`rsatishmoqda.

Eslatib o`tamiz, yurtimizda davom etayotgan dam olish kunlari mamlakatimizdagi qator tibbiyot muassasalari bilan birga 238 ta tug`ruq komplekslarida jami 3807 nafar tibbiyot xodimi, jumladan, 509 nafar akusher-ginekolog, 315 nafar neonatolog, 1159 nafar doya 1824 nafar hamshira navbatchilik asosida aholiga xizmat ko`rsatmoqda.  

Ma`lumot uchun, O`zbekistonda 2018 yilning 1 yanvar kuni 1961 nafar, 2019 yilning shu kuni 1708 nafar, 2020 yilda 1974 nafar hamda 2021 yilning ayni shu sanasida 1644 nafar chaqaloq dunyoga kelgan edi.

Sharhlar

⚡️Namanganda chaqaloq YPX avtomobilida tug`ildi (video)

24.01.2023, 10:05

Namanganda ayol YPX avtomobilida tug`uruqxonaga olib ketilayotganida farzandini dunyoga keltirdi. Bu haqda YHXX matbuot xizmati xabar bermoqda. Ma`lum qilinishicha, 4P-112 Farg`ona xalqa avtomobil yo`lining 20 kilometrida...
Yangihayotda 8 oylik chaqalog`ini 10.000 AQSh dollar evaziga sotmoqchi bo`lgan ayolga hukm o`qildi

04.08.2021, 19:19

Jinoyat ishlari bo`yicha Yangihayot tuman sudi raisi Baxrom Tashpulatovning raisligida o`tgan ochiq sud majlisida 8 oylik chaqalog`ini 10.000 AQSh dollar evaziga qonunga xilof ravishda sotmoqchi...
Namanganlik ayol tug`ruqxona mudirasi bilan kelishib 35 kunlik chaqalog`ini sotmoqchi bo`ldi

09.12.2019, 14:27

Namangan viloyatining Yangiqo`rg`on tumanida yashovchi M.T. 35 kunlik chaqalog`ini sotmoqchi bo`ldi, deya xabar qildi "postda.uz".Shu maqsadda ayol tanishi, Uchqo`rg`on tumani tibbiyot birlashmasining tug`ruqxona bo`limi mudirasi...
​Ayol yig`layotgan chaqalog`ini yostiq bilan bo`g`ib o`ldirdi

07.07.2017, 09:54

Baykal orti o`lkasining Xilok shahrida yashovchi ayol uch oylik chaqalog`ini yig`lagani uchun yostiq bilan bo`g`ib o`ldirdi, deb xabar berdi Ria.ru nashri.Nashrning xabar berishicha, 26 yoshli...