AsosiyJamiyat

Namanganda fuqaro xonadonidan giyohvand moddalar topildi

'Namanganda fuqaro xonadonidan giyohvand moddalar topildi'ning rasmi

2021 yil 24 dekabr` kuni o`tkazilayotgan tadbiri davomida, Kosonsoy tuman IIB HPMB profilaktika inspektorlari tomonidan olingan tezkor ma`lumotga asosan, Kosonsoy tumanida yashovchi, 1964 yilda tug`ilgan fuqaroni yashash uyi xolislar ishtirokida ko`zdan kechirildi. 

Ma`lum bo`lishicha tekshiruv davomida, yotoqxonasidagi yotoq joyi yostig`i ichidan qog`oz parchalariga o`ralgan, o`tkir hidli, to`q jigarrang rangli, giyohvand moddasiga o`xshash moddalar borligi aniqlanib, tekshirib ko`rish uchun tuman IIBga olingan.

Namangan viloyati IIB EKBning xulosasiga ko`ra, ushbu moddalarning sof og`irligi 161,53 gramm bo`lgan “Marixuanna” giyohvandlik moddasi ekanligi ko`rsatilgan.

Ushbu holat bo`yicha Kosonsoy tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 28 dekabr` kuni O`z.R JKning 276-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar