AsosiyDunyo

Qozig`istondan ODKB qo`shinlari 10 kun ichida chiqib ketadi – Qasim-Jomart Toqaev

'Qozig`istondan ODKB qo`shinlari 10 kun ichida chiqib ketadi –  Qasim-Jomart Toqaev'ning rasmi

Bu haqda Qozog`iston prezidenti Qasim-Jomart Toqaev bugun parlamentda so`zlagan nutqida bayon etgan.  

Unda prezident jamiyat uchun yangi ijtimoiy shartnoma kerakligini qayd etgan.  

Ma`lum qilinishicha, Qozog`istondan ODKB qo`shinlari 10 kun ichida chiqib ketadi, ikki kundan keyin qo`shinlarni olib chiqib ketish boshlanadi.  

Shuningdek Toqaev o`z nutqida Elboshi sabab mamlakatda xalqaro mezonlarda hisoblaganda ham boylar ko`paygan, ular ijtimoiy mas`uliyatli bo`lish, qozoq xalqi haqini qaytaradigan payt kelganligini ta`kidlagan.

U Xitoydan  milliardlab dollarlik mahsulotlar qora yo`llar bilan mamlakatga kirib kelayotganligi sabab, chegaradagi bojxona va import masalasi tartibga solinishini aytgan.

Shunday qilib, qo`shni Qozog`istonda armiya kuchaytiriladi, ta`limga e`tibor kuchayadi, byurokratiyaga qarshi choralar ko`riladi, xalq bilan muloqot tubdan yangilanadi. 

    Boshqa yangiliklar