Olmaota xalqaro aeroporti 2022-yil 13-yanvar soat 00:00 dan o`z faoliyatini tiklaydi. Bu haqda KAZINFORM axborot agentligi shahar aeroporti matbuot xizmatiga tayanib xabar bermoqda.
Ma`lum qilinishicha, Olmaota shahrida komendantlik soati joriy etilishi munosabati bilan aeroport 08:00 dan 21:00 gacha ishlaydi. Ham ichki, ham xalqaro reyslar amalga oshiriladi. Xavfsizlikni ta`minlash maqsadida terminalga faqat yo`lovchilar kirishiga ruxsat berildi.
Eslatib o`tamiz, Olmaota aeroporti tartibsizliklar vaqtida qo`lga olingan, keyinroq, aksilterror maxsus operasiyasi chog`ida esa qo`yib yuborilgan edi. Qozog`istonda 6-yanvardan 19-yanvargacha favqulodda holat joriy etilgan.






