AsosiyJAMIYAT

Navoiyda 2 mlrd 575 mln so`m evaziga bog`cha rekonstruksiya qilinib, foydalanishga topshirildi

Nurota tumani G`afur G`ulom nomidagi MFYda 10-sonli davlat MTT foydalanishga topshirildi.M...

'Navoiyda 2 mlrd 575 mln so`m evaziga bog`cha rekonstruksiya qilinib, foydalanishga topshirildi'ning rasmi

Nurota tumani G`afur G`ulom nomidagi MFYda 10-sonli davlat MTT foydalanishga topshirildi.

Maktabgacha ta`lim vazirligi bu bo`yicha ma`lumot berdi.

Qayd etilishicha, mazkur 150 o`rinli MTTga Investisiya dasturi asosida 2 mlrd 575 mln so`m mablag` sarflanib, to`liq rekonstruksiya qilindi.

"Hozirda tashkilot davlat ta`lim-tarbiya standartlariga to`la javob beradi va tarbiyalanuvchilarni maktab ta`limiga sifatli tayyorlash uchun etarli shart-sharoitlarga ega",-deyiladi xabarda.

Ma`lumot o`rnida, Nurota tumanida 84 ta MTT bo`lib, ulardan 19 tasi davlat, 59 tasi oilaviy va 6 tasi DXSh asosidagi MTTlar hisoblanadi.

Ta`kidlanishicha, hozirda tumandagi 3-7 yoshli bolalarning 69,3 %i maktabgacha ta`lim bilan qamrab olingan. Joriy yil so`ngiga qadar bu ko`rsatkichni 72,5 %gacha etkazish maqsad qilingani aytiladi.

Boshqa yangiliklar