AsosiyShou-biznes

Kayli Djenner "Instagram"da eng ko`p obunachiga ega ayolga aylandi

'Kayli Djenner "Instagram"da eng ko`p obunachiga ega ayolga aylandi'ning rasmi

Amerikaning taniqli Kardashianlar oilasi a`zosi Kayli Djenner Instagram'da 300 million obunachiga ega bo`lgan dunyodagi birinchi ayolga aylandi. Bu haqda ELLE xabar berdi, deb yozadi "Zamon.uz "nashri.

Qayd etilishicha, Kayli ijtimoiy tarmoqdagi eng mashhur blogerlar ro`yxatida ikkinchi bo`ldi. Unda 388 million obunachi bilan Krishtianu Ronaldu etakchilik qilmoqda.

Qizig`i shundaki, u so`nggi ikki oy ichida o`z sahifadiga hech narsa joylashtirmagan. Shunga qaramay uning obunachilari soni tinimsiz ortib bormoqda. Uning "Instagram"da faol emasligiga farzandlarining otasi Trevis Skottning Xyustondagi “qonli” Astroworld festivalidagi chiqishi bilan bog`liq fojiali janjal sabab bo`lgan. U erda 10 nafar tomoshabin halok bo`lgani aytiladi.

Ma`lumot uchun, Kayli Jenner ikkinchi bor ona bo`lish arafasida.

    Boshqa yangiliklar