AsosiyDunyo

Fransiyada o`qituvchilar koronavirus sabab ish tashlash e`lon qildi

'Fransiyada o`qituvchilar koronavirus sabab ish tashlash e`lon qildi'ning rasmi

Buyuk Britaniyada bir kunda deyarli 400 kishi koronavirusdan vafot etdi, shu tariqa, omikron variantining tarqalishi fonida o`lim darajasi so`nggi 11 oy ichida eng yuqori darajaga etdi. Yangi infeksiyalar soni ham ortib bormoqda. Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti odamlarni hushyor bo`lishga chaqirmoqda.

"Omikron deltaga qaraganda engilroq o`tsada, u yuqish jihatidan xavfli virus bo`lib qolmoqda, ayniqsa emlanmaganlar uchun",-deydi JSST rahbari.

Daniya ham omikron varianti bilan rekord darajadagi kasallanishga duch keldi. Mamlakat allaqachon aholining zaif qatlamlariga vaksinaning to`rtinchi dozasini taklif qilmoqda.

Avvalroq, Evropa dori vositalari agentligi tez-tez kuchaytiruvchi emlashning xavfidan ogohlantirgan va hozircha bunday yondashuv zarurligini tasdiqlovchi ma`lumotlar yo`qligini ko`rsatgan.

Fransiyada esa o`qituvchilarning ish tashlashi boshlanadi. Ular doimo o`zgarib turadigan anti-Sovid qoidalaridan charchaganliklarini aytishadi.

    Boshqa yangiliklar