2021 yilning noyabr oyidan boshlab Koreya Respublikasiga fuqarolarni vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun tashkiliy tarzda kirib borishi qayta yo`lga qo`yilgan edi.
Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi Matbuot kotibining xabar berishicha, joriy yil 6 yanvar kuni 100 nafar fuqaro vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun Koreyaga jo`natilgan.
Fuqarolar Koreya tomonidan tan olingan vaksina bilan eslangan bo`lishsada, ketishdan 72 soat oldin olingan PSR testi natijasiga ko`ra Covid-19 infeksiyasi aniqlanmaganiga qaramasdan, Koreya Respublikasi hududida kirib borgan yurtdoshlarimizda koronavirus infeksiyasi qayd etilgan.
Xususan, 2021 yil 23-30 dekabr kunlari jo`nab ketgan fuqarolarning 1 nafarida, 2022 yilning 6 yanvar kuni jo`nab ketgan 98 nafar fuqaroning 6 nafarida koronavirus infeksiyasi aniqlangani sababli Koreya Respublikasi tomonidan O`zbekiston uchun ushbu davlatga kirib boruvchi fuqarolar soni qisqarishi, hattoki vaqtinchalik to`xtatilishi kabi cheklovlar qo`yilishi mumkinligi to`g`risida ogohlantirilmoqda.
Shuningdek, sizlardan karantin qoidalarga qat`iy amal qilishingizni, agarda o`zingizda koronavirus infeksiyasi alomatlarini sezsangiz, fuqarolar bilan muomalada bo`lmasligingizni so`raymiz.
Yuqoridagilarni inobatga olib, Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi fuqarolarimizning Koreya Respublikasiga cheklovlarsiz kirib borishini ta`minlash maqsadida quyidagi choralarni ko`rishga majbur bo`lmoqda:
1. Koreya Respublikasi Inson Resurslarini rivojlantirish xizmati tomonidan jo`nab ketishi tasdiqlangan fuqarolar ketishdan oldin jami 3 marta PSR testidan o`tishlari belgilandi;
2. Fuqaroda Koreya Respublikasiga borgach, Covid-19 infeksiyasi aniqlansa, barcha xarajatlar fuqaro tomonidan amalga oshiriladi.