AsosiyDunyo

Qozog`istonda aholiga yordam ko`rsatish uchun ijtimoiy jamg`arma tashkil etildi

'Qozog`istonda aholiga yordam ko`rsatish uchun ijtimoiy jamg`arma tashkil etildi'ning rasmi

Qozog`iston prezidenti Qasim-Jomart Toqaevning topshirig`iga binoan "Kazakstan xalkina" (Qozog`iston xalqiga) jamoatchilik ijtimoiy jamg`armasi tashkil etildi.

Jamg`armani taniqli moliyachi, ilgari mamlakatning moliya vaziri bo`lgan Bolat Jamishev boshqaradi, deb ma`lum qildi shanba kuni respublika hukumati matbuot xizmati.

Toqaev 11 yanvarda parlamentda chiqish qilganida, "Kazakstan xalkina" jamoatchilik ijtimoiy jamg`armasini tashkil etish topshirig`ini bergan edi. Jamg`armaning oldiga qo`yilgan vazifa sog`liqni saqlash, ta`lim, ijtimoiy qo`llab-quvvatlash sohalarida muammolarni hal qilishdan iborat bo`ladi.

Shuningdek, jamg`arma Respublika xavfsizligi va  hududiy birligini himoya qilishda halok bo`lgan huquq-tartibot organlari, maxsus organlar xodimlari, harbiy xizmatchilar oilalarini ham qo`llab-quvvatlaydi.

Jamg`arma xususiy va davlat manbalaridan shakllantiriladi. Toqaevning fikricha, yirik biznes va boy fuqarolar jamg`armaga doimiy asosda yordam berishi kerak.

    Boshqa yangiliklar