AsosiyDunyo

Turkmaniston hukumat delegasiyasi O`zbekistonga tashrif buyuradi

'Turkmaniston hukumat delegasiyasi O`zbekistonga tashrif buyuradi'ning rasmi

Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi raisining o`rinbosari Serdar Berdimuhamedov boshchiligidagi delegasiya O`zbekistonga keladi. Bu haqda mamlakat Prezidentining farmoyishi imzolangan, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

Turkmaniston davlat axborot agentligi xabariga ko`ra, tashrifdan maqsad Turkmaniston va O`zbekiston o`rtasidagi savdo-iqtisodiy, siyosiy va diplomatik aloqalarning asosiy yo`nalishlari bilan bog`liq masalalarni muhokama qilish, shuningdek, ishchi uchrashuv va muzokaralar o`tkazishdan iborat.

Kecha Turkmaniston rahbari O`zbekiston bilan tovar ayirboshlash hajmini oshirish, shuningdek, ikki mamlakat xo`jalik sub`ektlari o`rtasida o`zaro manfaatli sheriklik munosabatlarini kengaytirish, qo`shma savdo markazi - «Turkmaniston – O`zbekiston» chegara savdo zonasini tashkil etish va uning faoliyatini tartibga solish to`g`risidagi hukumatlararo bitimlarni ratifikasiya qildi.

 

    Boshqa yangiliklar