Pekin yaqinidagi Xaydyan shahrida qishki olimpiya o`yinlariga aloqodor shaxsda koronavirusning o`ta yuquvchan varianti aniqlangan. Bu haqda The Global Times nashri xabar berdi.
Shanxay va Guandun provinsiyalarida ham kecha 15 yanvar kuni omikron bilan kasallanish holatlari qayd etilgan. Milliy sog`liqni saqlash komissiyasi ushbu hududlarda omikronning keng tarqalishi ehtimoli yuqoriligi haqida ogohlantirgan.
Xalqaro olimpiya qo`mitasi Pekin—2022 ishtirokchilarini omikron butun dunyo bo`ylab tarqalayotgani sababli “o`z vaqtida ehtiyot bo`lish” haqida ogohlantirdi va barchadan safar oldidan besh kun davomida “olomon joylardan saqlanishni” so`ramoqda.
COVID-19 ga qarshi to`liq emlanganlarning barchasi Olimpiya o`yinlarida qatnashishga keladigan delegasiya vakillari Xitoyga kelgandan so`ng 21 kun davomida karantinda bo`lishlar shart bo`lmaydi. Faqat har kuni testdan o`tkazilib turiladi, deyiladi The Global Times xabarida.






