AsosiySport

OFK kubogi guruh bosqichiga qur`a tashlandi. Unda O`zbekiston klubi ham ishtirok etadi

'OFK kubogi guruh bosqichiga qur`a tashlandi. Unda O`zbekiston klubi ham ishtirok etadi'ning rasmi

Osiyoda nufuzi bo`yicha ikkinchi musobaqa – OFK kubogining guruh bosqichiga qur`a tashlandi.

Mazkur musobaqada “Nasaf” yoki “So`g`diyona” ishtirok etishi mumkin. Agar “Nasaf” Osiyo Chempionlar ligasi saralash pley-off bosqichida “Baniyas” to`sig`idan o`tsa, mazkur turnida “So`g`diyona” to`p suradi. “Nasaf” BAA klubini enga olmasa, unda qarshiliklar yana OFK kubogida ishtirokini davom ettiradi.

Bugun ikki jamoamizdan biri ishtirokini mumkin bo`lgan turnirda, ularning ehtimoliy raqiblari ma`lum qilindi. 

Qur`a natijalariga ko`ra, o`zbek jamoalari “E” guruhida ishtirok etadi. Bu guruhda Turkmanistonning “Oltin Asr”, Tojikistonning SSKA va Qirg`izistonning “Neftchi” klublari ham o`rin olishdi.

OFK kubogi. “E” guruhi

“Nasaf”/“So`g`diyona” (O`zbekiston),

“Oltin Asr” (Turkmaniston),

SSKA (Tojikiston),

“Neftchi” (Qirg`iziston).

Boshqa yangiliklar