Avvalroq “Taxtaqoracha”dovoni ko`p miqdorda yog`gan qor sabab avtotransport vositalari uchun vaqtincha yopilgani haqida ma`lum qilgan edik.
YHXBBning xabar berishicha, avtomobil yo`lini qordan tozalash ishlari olib borilib, ayni vaqtlarda dovon yo`lida transport vositalarining harakatlanishi uchun ruxsat berildi.
"Barcha haydovchilardan tezlik me`yorini oshirmasdan, oraliq masofani saqlab harakatlanishlarini so`raymiz. O`zingiz va atrofdagilar salomatligini asrang",-deyiladi xabarda.






