AsosiyJamiyat

Farzandlari nogiron ekanligini bilgan ayol o`z joniga qasd qildi

'Farzandlari  nogiron ekanligini bilgan ayol o`z joniga qasd qildi'ning rasmi

Gulbahor  Saidova 40 yoshida ilk bor 55 yoshli Dilshod Saidovga turmushga chiqdi. Ular 3  yil birga totuv oila bo`lib yashashdi. Ammo ular  farzandli bo`lishmadi. Bu haqda Zamon.uz xabar berdi.

Shundan  so`ng, ular EKO uslubidan  foydalanib sun`iy urug`lantirish orqali egizak o`g`il  farzandli bo`lishdi. 

Baxt uzoqqa cho`zilmadi. Chaqaloqlar 3 oylik bo`lganida  bolalar shifokori  ko`rik jarayonida egizaklarda nogironlik alomatlari borligini ma`lum qildi.  Ayol esa bu dardga bardosh berolmay  o`z joniga qasd qildi.

 Buxorolik Dilshod Saidovning  aytishicha,  ayolining yaqinlari bo`lib o`tgan ishlarda aynan uni ayblashayotgani  qattiq zarba bergan.

—   Men ayolimni juda qattiq hurmat qilganman va yaxshi ko`rganman. Umrimning eng yaxshi kunlarim shu ayolim bilan birga o`tdi.  Biz farzandlik bo`lishni judayam istagandik. Uch yil ichida olmagan muolajalarimiz, ko`rinmagan  shifokorlarimiz qolmadi. Keyin oxiri EKO degan usuldan foydalandik. Usul o`z samarasini berdi, biz farzandlik bo`ldik.

Farzandlarim 1 oylik bo`lganida injiqlik qilishni boshlashdi. Chaqaloqlarning   birida bo`yin qiyshayishi, ikkinchisida esa oyoq qiyshayish alomatlari yuzaga chiqa boshladi.  Ayolim bunday dardni ko`tarishga o`zida sabr topolmadi. O`zini osib qo`ydi.  Harbiy bo`lganim uchun birinchi yordam ko`rsatish usulidan xabarim bor edi.  Havo berdim, yurak massajini qildim,   ammo juda kech edi. Qo`limda ikki go`dak qolib ketdi.   Hattoki, meni ayolimning o`limida ham ayblashdi, farzandlarimni ham olib qo`yishmoqchi bo`lishdi.

Lola Isakova,   psixolog

—   Joniga qasd qiladigan odam  bir kunda joniga qasd qilmaydi, uning ruhiy holatida  o`zgarishlar bo`ladi.  Ya`ni odam o`zini o`ldirishga  ruhan tayyorlaydi. Ayol stressga, depressiyaga tushadi, bu o`zgarishlarni  turmush o`rtog`i sezmasligining iloji yo`q edi.  Men aminman, ayolida o`zgarish sezgan, lekin negadir psixologga olib bormay bunga ko`z yumgan.

Abdusamad Tog`aev, islomshunos

—   Inson tushkunlikka tushib qolsa yaqinlaridan panoh va najot  istay boshlaydi.  Agar ozgina ko`ngilga malham topa olsa, bu  yo`ldan qaytishi mumkin. O`tib ketadi,  deb e`tibor berilmasa inson o`z hayotini o`zi bilmagan xolda shaytonga topshirib qo`yar ekan. O`z joniga qasd qilishni  hayolidan o`tkazish eng katta gunoh.  Bu gunohga nafaqat o`zi balki yaqinlari va eng aziz insonlarini ham gunohkor qilib ketar ekan. Mana shu narsani o`ylash kerak.

Durdona Raxmatullaeva, Genekolog

—   Homilani, ya`ni, etilgan tuxumdon va spermatozoidni bachadon ichida emas, balki tashqarida urug`lantirib so`ng bachadonga implantasiya   qilib ekib qo`yish EKO deb aytiladi. EKO muolajasidan so`ng juftliklarga hech qachon farzanding 100 foiz sog`lom yoki nuqson  bilan tug`iladi, deb aytmaymiz. Ko`p holatlarda bola sog`lom dunyoga keladi, ba`zilarida esa  nuqsonlar keyinroq paydo bo`ladi.  Shu sabab biz oilalarni har qanday holatga tayyor bo`lishlarini avvaldan ogohlantiramiz. Bu jarayoni psixolog  bilan hamkorlikda olib boriladi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar