Shavkat Mirziyoev O`zbekistonning 4 ta viloyatida quyosh fotoelektr stansiyalarini qurish bo`yicha qarorlarni imzoladi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar qildi.
Xabarda aytilishicha, 2023 yil yakuniga qadar umumiy quvvati 1096,6 MVt bo`lgan 4 ta quyosh fotoelektr stansiyalari ishga tushiriladi. Xususan, 2023 yilning dekabr oyiga qadar Surxondaryo viloyatining Sherobod tumanida BAAning Masdar kompaniyasi tomonidan quvvati 456,6 MVt bo`lgan quyosh fotoelektr stansiyasi ishga tushiriladi.
2023 yil oktyabr oyiga qadar Jizzax viloyatining G`allaorol tumanida BAAning Masdar kompaniyasi tomonidan quvvati 220 MVt bo`lgan quyosh fotoelektr stansiyasi ishga tushiriladi.
2023 yil oktyabr oyiga qadar Samarqand viloyatining Kattaqo`rg`on tumanida BAAning Masdar kompaniyasi tomonidan quvvati 220 MVt bo`lgan quyosh fotoelektr stansiyasi ishga tushiriladi.
2023 yilning noyabr oyiga qadar Navoiy viloyatining Nurota tumanida Niderlandiyaning Phanes Energy Holding III B.V. kompaniyasi tomonidan quvvati 200 MVt bo`lgan quyosh fotoelektr stansiyasi ishga tushiriladi.