AsosiyDunyo

Emlanishdan bosh tortgan chexiyalik xonanda koronavirusdan vafot etdi

'Emlanishdan bosh tortgan chexiyalik xonanda koronavirusdan vafot etdi'ning rasmi

Chexiyalik xonanda Xana Xorka  o`z mamlakatida joriy etilgan karantin cheklovlari sharoitida jamoat joylarida erkin harakatlanish "ruxsatnoma"siga ega bo`lishni xohladi. Biroq buning uchun yo emlangan yoki kasallikdan sog`aygan bo`lishi lozim edi.  

SSV matbuot xizmati taqdim etgan ma`lumotga ko`ra, xonanda ikkinchi yo`lni ma`qul ko`rdi va atayin o`ziga koronavirus infeksiyasini yuqtirdi. Buning uchun COVID-19 bilan kasallangan qarindoshlari orasida yashadi.  

Ammo o`tgan yakshanbada Xana Xorka 57 yoshida ushbu xastalikdan vafot etdi. U o`limidan bir necha kun oldin, tuzalib borayotgani, hademay teatr, sauna, konsertlar va dengiz sayohatiga borishi mumkinligini yozgan.  

Qo`shiqchining o`g`li onasining o`limida uni emlanishdan bosh tortishga ko`ndirgan anti-targ`ibotchilarni aybladi.

    Boshqa yangiliklar