Bugun, 20 yanvar kuni “Sevimli” telekanali ta`sischilarining umumiy yig`ilishi bo`lib o`tdi. Yig`ilishga Kinematografiya agentligi bosh direktori F.Abduxoliqov taklif qilindi.
Yig`ilishda tashkiliy masalalar ko`rib chiqildi. Kanal Kuzatuv kengashi raisi vazifasini bajaruvchi etib jamoatchilik asosida F.Abduxoliqov saylandi.
Ta`sischilarning qarori bilan Bosh direktori vazifasini bajaruvchi A.Xo`jaev va bosh muharrir Q.Saydaliev o`z vazifasidan ozod etildi.
Yig`ilishda shu paytga qadar O`zEOAVMA bosh direktori lavozimida ishlab kelayotgan J.Safoev kanal bosh direktori vazifasiga tayinlandi.
Yig`ilishda so`zga chiqqan, F.Abuxoliqov, kanal efiriga uzatilgan “Sabriya” serialini badiiy saviyasini tanqid ostiga olib, “biz telekanal muxlislari va jamoatchilikdan uzr so`raymiz va kelgusida yangi tayinlangan bosh direktor, nafaqat seriallar, qolaversa barcha media mahsulotlarning g`oyaviy-badiiy jihatlariga mas`ul ekanligini uqtirgan holda, barcha chora- tadbirlarni ishlab chiqishi zarur”, -deb ta`kidladi kuzatuv kengashi rahbari.
Eslatib o`tamiz, sal avval milliy seriallar bo`yicha Kinematografiya agentligi bosh direktori F.Abduxoliqov munosabati e`lon qilingan edi.