AsosiyMadaniyat

Kinematografiya agentligi huzuridagi “Yoshlik” kinostudiyasiga yangi raxbar tayinlandi

'Kinematografiya agentligi huzuridagi “Yoshlik” kinostudiyasiga yangi raxbar tayinlandi'ning rasmi

Anvar Madraimov Kinematografiya agentligi huzuridagi “Yoshlik” kinostudiyasiga direktor etib tayinlandi.

1995 yil 27 fevral Toshkent shahrida tug`ilgan. Los-Anjelesdagi “New York Film Academy”da tahsil olgan.  

“Yoshlik” kinostudiyasi yosh kinematografistlar o`rtasida ijodiy raqobat muhitini shakllantirish, yoshlar nigohi orqali Yangi O`zbekistonda bo`layotgan o`zgarishlarni yoritib borish, yangicha g`oyalar va qarashlarni aks ettirish hamda yuqori saviyadagi qisqa metrajli, animasion filmlar va badiiy kinoasarlar yaratishni o`z oldiga maqsad qilib qo`ygan. Ushbu kinostudiya yosh ijodkorlarni qo`llab-quvvatlaydi.

    Boshqa yangiliklar