Tailand hukumati 1 fevraldan boshlab koronavirusga qarshi emlanmaganlar uchun Test & Go dasturini qaytadan ishga tushiradi. Bu haqda Bangkok Post xabar tarqatmoqda.
Qayd etilishicha, koronavirusga qarshi emlangan shaxslar Tailandga tashrif buyurganidan besh kun o`tib yana test topshiradi. Kelganlar qaysi hududda bo`lishlari bo`yicha ma`lumotni taqdim qiladi.
Nashrning ta`kidlashicha, bu harakat pandemiya davrida qattiq zarar ko`rgan mamlakat turizm sohasini qo`llab-quvvatlashga qaratilgan. Shuningdek, mamlakat hukumati restoranlarga spirtli ichimliklari 23:00gacha sotishga ruxsat beradi.
Ma`lumot uchun, Tailanddagi pandemiya davrida 2,35 million kishi koronavirusga chalingan, 22 ming kishi vafot etgan.






