Moskvada COVID-19 bilan kasallanish so`nggi bir hafta ichida ikki baravar oshdi.
Tezkor shtab bu haqda ma`lumot berib o`tgan. So`nggi 24 soat ichida shaharda 6,5 mingga yaqin yangi infeksiya holati qayd etilgan.
Shu bilan birga, rasmiy statistik ma`lumotlarga ko`ra, o`lim darajasining pasayishi davom etmoqda - yozdan beri birinchi marta 700 dan kam kasallangan odam vafot etdi.
Kasallikning ko`payishi, boshqa mamlakatlarda bo`lgani kabi, "omicron" shtammining tarqalishi bilan bog`liqligi aytiladi. Qayd etilishicha, yaqin kunlarda hukumat huzuridagi muvofiqlashtiruvchi kengash COVID-19 ga qarshi kurash bo`yicha yangi chora-tadbirlarni muhokama qilishni rejalashtirmoqda.






