AsosiySport

APLda "Chelsi" - "Tottenhem", Italiyada "Milan" - "Yuventus". Shanba va yakshanba kunlari bo`ladigan muhim o`yinlar

'APLda "Chelsi" - "Tottenhem", Italiyada "Milan" - "Yuventus". Shanba va yakshanba kunlari bo`ladigan muhim o`yinlar'ning rasmi

Bugun va ertaga Evropa yashil maydonlarida ichki chempionat o`yinlarining navbatdagi tur bahslari bo`lib o`tadi. 

Ikki kun davomida muxlislar juda qiziqarli o`yinlar guvohi bo`lishi mumkin. Ayniqsa, Italiya va Angliyada markaziy bellashuvlar bo`lib o`tadi. 

Xususan, APLda "Manchester Yunayted" o`z maydonida "Vest Hem"ni qabul qiladi. Peshqadam "Man Siti" esa mehmonda "Sauthempton" bilan kuch sinashadi. Markaziy bellashuv esa yakshanba kuni Londonda o`tkaziladi. "Chelsi" unda "Tottenhem" bilan o`zaro hisob-kitob qiladi. 

Italiya ham markaziy o`yin bo`lib o`tadi. "Milan" bu safar o`z maydonida "Yuventus"ni qabul qiladi. Eldor Shomurodov to`p surayotan "Roma" esa mehmonda "Empoli"ga qarshi o`ynaydi. 

APL, 23-tur

22 yanvar

20:00. “Manchester Yunayted” – “Vest Hem”

22:30. “Sauthempton” – “Manchester Siti”

23 yanvar 

19:00. “Kristal Pelas” – “Liverpul”

21:30. “Chelsi” – “Tottenhem”

A Seriya, 22 yanvar

00:45. "Lasio" - "Atalanta"

23 yanvar

22:00. "Empoli" - "Roma"

00:45. "Milan" - "Yuventus"

La Liga

22 yanvar 

00:45. "Atletiko" - "Valensiya"

    Boshqa yangiliklar