AsosiySport

"Manchester Yunayted" himoyachisining uyiga o`g`ri tushdi

'"Manchester Yunayted" himoyachisining uyiga o`g`ri tushdi'ning rasmi

"Manchester Yunayted" himoyachisi Viktor Lindelefning uyiga noma`lum shaxslar bostirib kirgan. Bu haqda Daily Mail xabar bermoqda. 

Qayd etilishicha, "Manchester Yunayted" mehmonda "Brentford"ga qarshi o`yin vaqtida shvesiyalik futbolchining uyiga o`g`rilar tashrif buyurgan. Futbolchining turmush o`rtog`i Mayaning aytishicha, o`g`rilarning uyga bostirib kirayotganini sezgan hamda farzandlarini olib, xonalarning birida qulflanib yashiringan. 

Hozircha jinoyatchilar qancha miqdorda oilaga zarar keltirgani borasida ma`lumotlar berilganicha yo`q. "Qizil iblislar" bosh murabbiyi Lindelefning "Vest Hem"ga qarshi o`yinda ishtirok etmasligi ma`lum qilindi. 

Boshqa yangiliklar