"Paxtakor" yarim himoyachi Dostonbek Hamdamov faoliyatini ijara asosida Qatarning "Sayliya" klubida davom ettiradi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ma`lum qilinishicha, har ikki jamoalar o`rtasidagi kelishuvga muvofiq Hamdamov 2022 yilning 30 iyuniga qadar "Sayliya"da ijarada o`ynaydi.
Futbolchining ijara muddati tugaganidan keyin futbolchi "Paxtakor" ixtiyoriga qaytadi.






