AsosiySport

Toshkentda o`tkazilayotgan Osiyo chempionatida bugun ikki yosh bokschimiz ringga chiqadi

'Toshkentda o`tkazilayotgan Osiyo chempionatida bugun ikki yosh bokschimiz ringga chiqadi'ning rasmi

O`zbekiston poytaxtida o`tayotgan boks bo`yicha yoshlar o`rtasidagi Osiyo chempionatida bugun ikkinchi kun bahslari o`tkaziladi. 

O`zbekiston Milliy olimpiya qo`mitasining xabar berishicha, bugungi dasturda ikki nafar vakilimiz ringga ko`tarilishi belgilangan.

Dastlab -57 kg vazn toifasida Dilshod Abdulmurodov iroqlik Muhammed Makassesga qarshi bahs olib boradi. Ushbu bahs taxminan 16:45 da boshlanadi.

 Ikkinchi bokschimizning chiqishi kunning eng so`nggi dasturiga to`g`ri kelmoqda. Unda -91 kg vazn toifasida Javohir Tog`aymurodov tojikistonlik Davlat Boltaevga qarshi jang qiladi. Bellashuv vaqti taxminan 18:30 ga to`g`ri keladi.

    Boshqa yangiliklar