AsosiyJamiyat

Mirobod tumani hokimining bir yo`la ikki qarori sud tomonidan haqiqiy emas deb topildi

'Mirobod tumani hokimining bir yo`la ikki qarori sud tomonidan haqiqiy emas deb topildi'ning rasmi

Mirobod tuman hokimining 2018 yil 15 oktyabrdagi qaroriga ko`ra, tumanning Bog`ishamol ko`chasi, 122-uy manzilida foydalanishdagi 400 kv. metr er maydonida mavjud qo`shimcha ruxsatsiz qurilgan 3 ta yashash xonasi hamda yordamchi xo`jalik binolariga nisbatan S. A. nomiga mulk huquqi e`tirof etilgan va uy-joy tegishli tartibda S. A. nomiga davlat ro`yxatidan o`tkazilgan. Bu haqda Toshkent shahar sudi matbuot xizmati xabar qildi...

Ma`lum qilinishicha, tuman prokurori tomonidan 2021 yil 18 iyuldagi tuman hokimining 2018 yil 15 oktyabrdagi qarori bekor qilish haqida protest keltirilgan.

Tuman hokimining 2021 yil 10 sentyabrdagi qaroriga ko`ra protest qisman qanoatlantirilib, tuman hokimining 2018 yil 15 oktyabrdagi qarorining 2-bandi, ya`ni “Bog`ishaol ko`chasi, 122-uy manzilidagi umumiy foydalanishdagi 400 kv. metr er maydonidagi fuqaro A. S. ga tegishli bo`lgan 66,31 kv. metr hujjatsiz qurilmalarga shundan 40,75 kv. metr 3 ta yashash xonasi, 2 ta daxliz hammom, hojatxona, ayvon, hammom-hojatxona va soyabonlarga mulk huquqi etirof etilsin” deb o`zgartirish kiritilgan.

Shuningdek, tuman hokimining 2021 yil 18 sentyabrdagi qarori bilan tuman hokimining 2021 yil 10 sentyabrdagi qarori o`zgartirish kiritilib, ya`ni mazkur qarorning 2-bandidagi “hammom-hojatxona” so`zlari chiqarib tashlangan.

Yuqoridagi hokim qarorlaridan norozi bo`lib, sudga shikoyat ariza bilan murojaat etgan.

Suxrob Yuldoshev, Toshkent tumanlararo ma`muriy sudining raisi: 

- Aniqlanishicha, Bog`ishamol ko`chasi, 122-uy manzilida uy-joy va undagi yordamchi xo`jalik binolari tuman hokimining 2018 yil 15 oktyabrdagi qaroriga bilan Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 21 iyundagi 461-sonli qarori asosida, ya`ni bir martalik umumdavlat aksiyasi doirasida A. S. nomiga mulk huquqini e`tirof etilgan.

Prezidentning 2021 yil 8 iyundagi “Er munosabatlarida tenglik va shaffoflikni ta`minlash, erga bo`lgan huquqlarni ishonchli himoya qilish va ularni bozor aktiviga aylantirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi 6243-sonli Farmonining 4-bandi uchinchi xatboshisiga ko`ra, tuman va shahar mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan er uchastkalariga bo`lgan huquqlarni belgilash, e`tirof etish, o`zgartirish, bekor qilish vakolatlari, ular yuzasidan qaror, farmoyish yoki boshqa turdagi hujjat qabul qilish huquqi 2021 yil 1 avgustdan bekor qilingan.

Farmonning 5-bandiga asosan qonunchilik hujjatlarida ushbu Farmonda belgilanganidan boshqacha tartibda er uchastkalarini ajratishni nazarda tutuvchi barcha tartiblar, imtiyoz va istisnolar 2021 yil 1 avgustdan to`liq bekor qilingan.

Tuman hokimining 2021 yil 10 sentyabrdagi qaroridan ko`rinishicha, tuman hokimining 2018 yil 15 oktyabrdagi qaroriga bilan Mirobod tumani, Bog`ishamol ko`chasi, 122-uy manzilida S. A. ning foydalanishdagi 549 kv. metr er maydoni, 400 kv. metr er maydoniga o`zgartirilib umumiy foydalanishda qoldirilgan.

Prezident Farmoniga ko`ra, tuman hokimi er uchastkalariga bo`lgan huquqlarni belgilash, e`tirof etish, o`zgartirish, bekor qilish vakolatlari, ular yuzasidan qaror, farmoyish yoki boshqa turdagi hujjat qabul qilish huquqi 2021 yil 1 avgustdan bekor qilinganigini e`tiborda chetda qoldirib, er uchastkalariga bo`lgan huquqlarni o`zgartirish haqida noqonuniy qaror qabul qilgan.

Shu bois, sud tuman hokimining 2021 yil 10 sentyabrdagi qarorini noqonuniy deb hisoblab, uni haqiqiy emas deb topish haqida hal qiluv qarori qabul qilingan.

Bundan tashqari, tuman hokimining 2021 yil 18 sentyabrdagi qarori bilan tuman hokimining 2021 yil 10 sentyabrdagi qaroriga o`zgartirish kiritilib, ya`ni mazkur qarorning 2-bandidagi “hammom-hojatxona” so`zlari chiqarib tashlangan, ya`ni arizachi S.A. ning mazkur bino va inootlarga nisbatan mulk huquqi bekor qilingan.

O`zbekiston Respublikasining “Ma`muriy tartib-taomillar to`g`risida”gi qonunning 59-moddasida, ma`muriy hujjat manfaatdor shaxsning arizasi yoki ma`muriy shikoyatiga ko`ra ma`muriy hujjatni qabul qilgan ma`muriy organ, yuqori turuvchi ma`muriy organ tomonidan, shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda boshqa organlar tomonidan ham bekor qilinishi yoki o`zgartirilishi mumkin.

Qonuning 60-moddasi talablariga ko`ra, ma`muriy hujjatni manfaatdor shaxs foydasiga bekor qilish majlis o`tkazmasdan amalga oshirilishi mumkin.

Ma`muriy hujjatni manfaatdor shaxs manfaatlariga zid ravishda bekor qilish, agar qonunda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo`lsa, uni majlisda qayta ko`rib chiqish orqali amalga oshiriladi.

Xususan, tuman hokimligi tomonidan 2021 yil 10 sentyabrdagi qarorining o`zgartirilishi arizachining manfaatlariga zid ravishda mulk huquqi bekor qilish hisoblansada, biroq tuman hokimining ushbu qarorini o`zgartirish masalasi majlisda ko`rib chiqish orqali amalga oshirilmagan.

Mazkur qonunning 9-moddasida, ma`muriy organ manfaatdor shaxsga ma`muriy hujjatni qabul qilish uchun ahamiyatga ega bo`lgan barcha holatlar yuzasidan o`z fikrini bildirish imkoniyatini berishi shart. 

Qaror, uni muhokamasida ishtirok etish huquqiga ega bo`lgan manfaatdor shaxs S. A. ning ishtirokisiz ko`rilgani bois, u qarorda keltirilgan holatlarga e`tiroz bildirish, o`z fikrlarini bayon qilish, qo`shimcha hujjatlar va dalillarni taqdim etish huquqidan mahrum bo`lgan.

Demak, tuman hokimligi qonunda belgilangan tartib-taomillarga zid ravishda qaroriga o`zgartirish kiritilgan bo`lib, hokim qarori qonunga muvofiq emasligi hamda azizachining huquqlari va qonun bilan qo`riqlanadigan manfaatlarini buzayotgan hujjat hisoblanadi.

O`zbekiston Respublikasining “Ma`muriy sud ishlarini yuritish to`g`risidagi kodeks”ning 189-moddasi 2-qismiga muvofiq, Sud ustidan shikoyat qilinayotgan qaror yoki uning ayrim qismlari yoxud harakatlar (harakatsizlik) qonun hujjatlariga zid ekanligini hamda arizachining huquqlari va qonun bilan qo`riqlanadigan manfaatlarini buzayotganligini aniqlasa, qarorni yoki uning ayrim qismlarini haqiqiy emas, yoxud harakatlarni (harakatsizlikni) qonunga xilof deb topish to`g`risida hal qiluv qarori qabul qiladi.

Toshkent tumanlararo sudining 2021 yil 25 noyabrdagi hal qiluv qarori bilan tuman hokimligining 2021 yil 10 sentyabrdagi hamda 2021 yil 18 sentyabrdagi qarorlarini haqiqiy emas deb topishni lozim topildi.

Shu bilan birga, sud tuman hokimligi tomonidan yuqoridagi qonun buzilish holatlariga chek qo`yilishi, fuqarolarning sudlarga qatnab, mablag`i va vaqtini sarflab, ortiqcha ovoragarchiliklarga yo`l qo`yilmasligini oldini olish bo`yicha chora-tadbirlar belgilash, aybdor shaxslarga nisbatan chora ko`rish hamda bu kabi qonunbuzilishlarni bartaraf etish borasida xususiy ajrim chiqarilib, mazkur ajrimni umumiy yig`ilishda muhokama qilish uchun Toshkent shahar hokimligiga yuborildi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar