Italiya chempionatining 23-turidan o`rin olgan yana bir uchrashuv poyoniga etdi.
"Roma" mehmonda "Empoli"ga qarshi maydonga tushdi. Gollarga boy kechgan bahsda "Roma" 4:2 hisobidagi g`alabani qo`lga kiritdi.
Temmi Abraham o`yinda dublga erishgan bo`lsa, klubning yangi futbolchisi Serjiu Oliveyra bir gol muallifiga aylandi.
Bu o`yinda hamyurtimiz Eldor Shomurodov zaxirada qoldirildi.
"Empoli" – "Roma" - 2:4 (0:4, 2:0)
Gollar: 0:1 – 24 Abraxam, 0:2 – 33 Abraxam, 0:3 – 35 Serjiu Oliveyra, 0:4 – 37 Dzanolo, 1:4 – 55 Pinamonti, 2:4 – 72 Bayrami.






