Boks bo`yicha Toshkentda o`tayotgan yoshlar o`rtasidagi Osiyo chempionatida ikkinchi kun bellashuvlari kecha o`z yakuniga etdi.
O`zbekiston Milliy Olimpiya Qo`mitasining ma`lum qilishicha, unda ikki nafar o`zbekistonlik ringga ko`tarildi.
Dastlab -57 kg vazn toifasida Dilshod Abdulmurodov iroqlik Muhammed Makassesga hech qanday imkoniyat qoldirmay, g`alabaga erishgan. Biroq -91 kg og`irlikda ringga ko`tarilgan Javohir Tog`aymurodov imkoniyatni boy berib qo`ygani aytiladi. Ma`lumotga ko`ra, bellashuvda tojikistonlik Davlat Boltaev ustunlik qilgan.






