AsosiySport

Obameyang “Arsenal”dan ketmoqchi

'Obameyang “Arsenal”dan ketmoqchi'ning rasmi

“Arsenal” hujumchisi Per-Emerik Obameyang qishki transfer oynasida “kanonirlar”ni tark etishi mumkin.

Bu haqda “The Athletic” nashri xabar berdi. Manbaga ko`ra, futbolchi Evropaning boshqa jamoalaridan biriga o`tishni rejalashtirmoqda.

Eslatib o`tamiz, 2021 yilning 14 dekabr kuni hujumchi Per-Emerik Obameyang “Arsenal” sardori maqomidan mahrum qilingan edi. Klub jiddiy intizomiy qoidabuzarlik uchun gabonlik futbolchidan sardorlikni olib qo`yishga qaror qildi. Shu munosabat bilan hujumchi yanvar oyida “Arsenal”ni tark etishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Ma`lumot o`rnida: Obameyang joriy mavsumda Premer-ligada 14 ta o`yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.

    Boshqa yangiliklar