Istanbulda kuchli qor yog`ishi tufayli Istanbul aeropotidan barcha avia qatnovlar noma`lum muddatga bekor qilindi. Bu haqda O`zbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi rasmiy kanali xabar bermoqda.
Aeroportga borish avtomobil yo`llari kuchli qor yog`ishi tufayli yopilgan.
"Bosh konsulxona fuqarolarmizdan aeroportga vaziyat ijobiy o`zgarishiga qadar bormaslikni iltimos qiladi. Uchoqlarning o`zgargan vaqtini aniqlab borish tavsiya qilinadi", - deyiladi xabarda.
Avvalroq O`zbekistonga kelayotgan reyslar ham bekor kilingani aytilgan edi.






